Qizg‘in telefon liniya: (99871) 244-39-27

Mijozlar bilan ishlash bo'limi: (99871) 244-01-43

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati

Seshanba, Noyabr 11, 2014 - 11:00

Respublika Inkassatsiya xizmati, "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g'risida"gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq, Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan.

Dastavval Inkassatsiya xizmati 1939 yil 1 avgustda Davlat banki tizimida, davlat qimmatliklarini va xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning naqd pul tushumini inkasso qilish bo’limi sifatida tashkil etilgan va 1988 yilga qadar Davlat bankining  bo’linmalaridan biri sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan.

Davlat banki tizimida "Respublika Inkassatsiya xizmati" o’z faoliyatini bevosita mustaqil yuridik  shaxs bo’lib "O’zbekiston Respublikasi Inkassatsiya boshqarmasi" sifatida 1988 yilda boshlagan. 

1991 yil 5 sentyabrda Respublika Davlat banki tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Inkassatsiya boshqarmasi "O’zbekiston Respublikasi Inkassatsiya birlashmasi"ga o’zgartirilib, qayta davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 31 dekabrdagi 39/1-sonli qaroriga muvofiq, Respublika Inkassatsiya birlashmasi "O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati" davlat unitar korxonasiga o’zgartirilib qayta tashkil etildi.