Qizg‘in telefon liniya: (99871) 244-39-27

Mijozlar bilan ishlash bo'limi: (99871) 244-01-43

Qo'llanma

SHARTNOMANI TUZISH

“Pul tushumini yig’ishga doir” shartnomani tuzish:

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi  16/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 29 iyunda 3028-son bilan ro’yxatga olingan yo’riqnomaning 306-bandiga asosan:

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul tushumlarini inkassasiya xizmati xodimlari tomonidan qabul qilib olish va ularni bank kassasiga etkazib berish mijoz, inkassatsiya xizmati va bank o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.

Inkassatsiya xizmati bilan shartnoma tuzish uchun xo'jalik yurutuvchi sub'ekt Inkassatsiya xizmati bilan shartnoma tuzish xaqida ariza bilan murojaat qiladi.

Faylni ko'chirib olish:Иконка документа Microsoft Officeobrazec_zayavleniya_pri_zaklyuchenii_dogovora_inkassacii.doc 33.5 КБ

 

TO’XTATIB TURISH YOKI TIKLAB BERISH

 Inkassatsiya xizmatining tashrifini vaqtincha to’xtatib turish yoki tiklab berish

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ariza bilan inkassatsiya xizmatiga muro'jat qiladi

- inkassatsiya xizmati tashrifini vaqtincha to’xtatib turish.

- inkassatsiya xizmati tashrifini tiklab berish haqida.

 

SHARTNOMANI BEKOR QILISH

“Pul tushumini yig’ishga doir” shartnomani bekor qilish:

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt shartnomani bekor qilish uchun inkassatsiya xizmatiga bekor qilish xaqida ariza bilan (ikki nusxada) murojaat qiladi.

 

SHARTNOMANI QAYTA RASMIYLASHTIRISH

 

“Pul tushumini yig’ishga doir” shartnomani qayta rasmiylashtirish:

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amaldagi Pul tushumini yig’ishga doir” shartnomasini quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiradi:

1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning naqd pul tushimini topshirish shoxobchasi joylashgan manzili o’zgarganda.

2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobraqami ochilgan bank bo’limi o’zgarganda.

3. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy huquqiy maqomi o’zgarganda.

4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning naqd pul tushumini qabul qiluvchi bank bo`limi o’zgarganda.

Faylni ko'chirib olish: inkassatsiya_shartnomasini_qayta_tuzish_ariza_namunalari.doc