Qizg‘in telefon liniya: (99871) 244-39-27

Mijozlar bilan ishlash bo'limi: (99871) 244-01-43

HUDUDIY BOShQARMALARI

Seshanba, April 18, 2023 - 10:00

O’zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to’g’risida"gi qonuniga muvofiq, xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning naqd pul tushumini va banklarning qimmatliklarini inkasso qilish "bank operatsiyalari" bo’lib hisoblanadi.

Respublika Inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiradigan bank operatsiyalari:

- mulkchilik shaklidan qat'iy nazar aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qiluvchi va kunlik pul tushumiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning pul tushumini Inkassatsiya qilish.

- Markaziy bankning yoki uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida naqd pul mablag’larini va boshqa qimmatlklarni banklararo Inkassatsiya qilish.

 Respublika Inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiradigan xizmatlar:

- Davlat, aksiyadorlik, qo’shma, xorijiy tashkilotlar va muassasalarning, moddiy javobgar shaxslari tijorat banklardan oylik ish haqini qabul qilganda, ularning xavfsizligini ta'minlagan holda manzillariga kuzatib yetkazib berish;

Respublika Inkassatsiya xizmati yuqorida ko’rsatib o’tilgan xizmatlarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 dekabrdagi "Respublikada savdo tushumini Inkassatsiya qilinishi va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida"gi 548-sonli, 2001 yil 22 iyundagi "Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas'uliyatini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 264-sonli qarorlari, O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2008 yil 17 mayda tasdiqlangan "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, Inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir" 668-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishib Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2010 yil 24 iyulda tasdiqlangan 719-sonli Yo’riqnomalari talablari asosida amalga oshiradi.

 "O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati" davlat unitar korxonasi tarkibiga, Respublikaning ma'muriy-hududiy tuzilmalarida tashkil etilgan quyidagi hududiy Inkassatsiya boshqarmalari kiradi.