Qizg‘in telefon liniya: (99871) 244-39-27

Mijozlar bilan ishlash bo'limi: (99871) 244-01-43

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati

Seshanba, April 18, 2023 - 10:00

Respublika Inkassatsiya xizmati, "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g'risida"gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq, Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan.

Dastavval Inkassatsiya xizmati 1939 yil 1 avgustda Davlat banki tizimida, davlat qimmatliklarini va xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning naqd pul tushumini inkasso qilish bo’limi sifatida tashkil etilgan va 1988 yilga qadar Davlat bankining  bo’linmalaridan biri sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan.

Davlat banki tizimida "Respublika Inkassatsiya xizmati" o’z faoliyatini bevosita mustaqil yuridik  shaxs bo’lib "O’zbekiston Respublikasi Inkassatsiya boshqarmasi" sifatida 1988 yilda boshlagan. 

1991 yil 5 sentyabrda Respublika Davlat banki tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Inkassatsiya boshqarmasi "O’zbekiston Respublikasi Inkassatsiya birlashmasi"ga o’zgartirilib, qayta davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 31 dekabrdagi 39/1-sonli qaroriga muvofiq, Respublika Inkassatsiya birlashmasi "O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati" davlat unitar korxonasiga o’zgartirilib qayta tashkil etildi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning kunlik naqd pul tushumlarini, shuningdek, bank filiallarining qimmatliklarini xavfsizligini va daxlsizligini ta'minlagan holda bank kassalariga yetkazib berish ishlari Inkassatsiya xizmatining maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan yuqori

klassdagi avtotransport vositalarida amalga oshirilmoqda.
Respublika Inkassatsiya xizmati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining pul muomalasiga oid qarorlari ijrosini ta'minlash, Inkassatsiya xizmati tizimini yanada rivojlantirish, aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga qulayliklarni yaratish maqsadida bir qator

tadbirlar amalga oshirilib, yangi xizmat turlari joriy etilgan. 
Autsorsing asosida tijorat banklarining ayrim kassa xizmatlari: 
xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining kunlik naqd pul mablag'larini qabul qilish;
qabul qilingan naqd pullarni qayta sanab-saralash va foydalanishga tayyorlash;
ushbu pul mablag'larini mijozlarning hisob raqamlariga o'tkazib berish; 
banklarning buyurtmasiga asosan naqd pul mablag'lari bilan ta'minlash;
tijorat banklarining bankomatlarini inkassatsiya xizmatining maxsus avtomashinasida belgilangan manzillarga yetkazib berish;
bankomatlarni naqd pul bilan to'ldirishda bank filiallari kassirlarini kuzatish ishlarini amalga oshirish;
bank filiallarining bankomatlar tarmog'ini inkassatorlar javobgarligida bankdan ajratilgan naqd pullar bilan inkassatorlar tomonidan to'ldirish;  
bankdan tashqarida tashkil etilgan bank xizmatlari ofislarining qimmatliklarini qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxslarini kuzatib borish;
bank xizmatlari ofislariga ish kuni davomida bank filialidan ajratilgan madad pullarini inkassatorlar orqali yetkazib berish xizmati;
bank xizmatlari ofislarining qoldiq naqd pul va boshqa qimmatliklarini saqlab berish;
tijorat banklari tomonidan qimmatliklarni tashishda foydalanish uchun 1 ta maxsus avtotransport vositasini 3 ta qurollangan inkassatorlar guruhidan iborat inkassatsiya yo'nalishini ajratish;
xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni naqd pul va boshqa qimmatliklari bilan maxsus avtotransport vositasida qurollangan inkassatorlar tomonidan belgilangan manziliga kuzatib borish;
tijorat banklarining xat-hujjatlarini Respublika hududi bo'yicha belgilangan manzillarga yetkazib berish.