Qizg‘in telefon liniya: (99871) 244-39-27

Mijozlar bilan ishlash bo'limi: (99871) 244-01-43

Yetakchi auditor

Wednesday, January 25, 2023 - 10:00

Majburiyatlar:

  • Auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazish. Ularning natijalari bo‘yicha hisobotlar va xulosalar tuzish va maslaxatlar berish.
  • Korxonaning moliyaviy –soliq hujjatlari (dastlabki hujjatlar, soliq va buxgalteriya hisobotlari va boshqalar) to‘g‘riligini tekshirish.
  • Moliyaviy xo‘jalik samaradorligi va ichki nazorat tizimlarini baholash. Biznes jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Istiqbolli moliyaviy operatsiyalarni baholash, ularning samaradorligi va tavakkalchilik darajasi.
  • Qorxona rahbariyatiga moliyaviy menejment va biznes yuritishda maslaxat amaliy yordam berish.
  • Qonunchilikdagi o‘zgarishlarni kuzatib borish. Korxonada buxgalteriya hisobi va soliq hisobini takomillashtirish.
  • Hududlar bo‘yicha korxona xarajatlarini nazorat qilish.
  • MHXS (moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini) bilish.
  • Korxona bilan shartnoma tuzgan xo‘jalik su’bektlari faoliyati samaradorligini monitoring qilish.
  • Korxona faoliyatidagi xatarlarni aniqlash va baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar kiritish.

Talablar:

  • Ma’lumoti: Oliy (Moliya, Iqtisod, Bank ishi).
  • Ish tajribasi: oxirgi 3 yil davomida auditor sifatida.
  • Davlat tilini mukammal bilish.
  • Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish metodologiyasi, auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarini  bilish.
  • Soliq buxgalteriya hisobi va boshqaruv hisobining me’yoriy-huquqiy bazasi va tamoyillarini bilish.
  • 1S dasturin yaxshi bilishi,  MS Office (Word, Excel, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi;
  • Uzoq muddat qunt bilan ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
  • Chet tillarni bilish darajasi: rus tili (V2),
  • auditorlik malaka sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.
  • Xizmat safariga tayyorligi.